среда, 21 августа 2013 г.

l
Salom biz sevgan semenar treninglar!
Bugun Bo`ston sihatgoxida joylashgan Media oromgohida ilk semenar treninglar boshlandi. Tabiat qo`ynida  bo`lib o`tgan ilk smenar treningni Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti o`qituvchisi  Sherzod Qudratxo`jayev   va  O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti  o`qituvchisi Beruniy Alimov o`tdilar. Trening haqida ishtirokchilarimiz fikrlari: 





Samandar Boborajabov,  Kelajak ovozi YoTM faoli
-          Media camp da  birinchi bor ishtirok etayapman. To’g’risini aytsam, bu yerdagi tassurotlarim o’zgacha. Ya’ni kutganimdan-da a’lo. Bugungi treningda o’zim uchun ko’p yangilikllar oldim. Masalan, Jahon miqiyosida faoliyat yuritgan Beruniy Alimovdan internet elchixonalari haqida ma’lumotga ega bo’ldim. Umid qilamanki, oromgoh faoliyati davomida yanada ko’proq bilimlarni o’rganaman. Chunki, bu yerda respublikamizning yetuk jurnalistlari semenar-treninglar olib borishadi.

Rovshan Xalilov,   Kelajak Ovozi YoTM volontyori
_  Men bu oromgohda birinchi  bor ishtirok etayotganim sababli kun  tartibidan o`rin olgan barcha o`quv mashg`ulotlari menda katta qiziqish uyg`otmoqda.  Ayniqsa, bugungi trening menda juda katta  taassurot qoldirdi.  Xalqaro jurnalistikaga qiziqganligim bois  O`z.D.J.T.U o`qituvchisi, xalqaro professional jurnalist Beruniy Alimovning tashrifi  men uchun kutilmagan surpris  bo`ldi. B.Alimovdan qimmatli va muhim ma`lumotlar olishga muvaffaq bo`ldim.
      O’tkir  Mamatov,  Kelajak Ovozi YoTM faoli
   В этом году программа медиа лагеря сильно отличается от предыдущей: более углублённая информация о социальных сетях, подробности о информационной безопасности, мониторинге и тд. С первых дней удивила подготовленность участников лагеря к образовательному процессу. Думаю эти дни послужат для молодых журналистов большой школой в начале профессиональной деятельности.
-

Salom media camp!

Yoz faslining jazirama kunlarida respublikamizning “Bo`ston” dam olish maskanida “Media camp 2013” o`z faoliyatini boshladi. O`zbekistonning barcha hududlaridan Kelajak Ovozi yoshlar tashabbuslari markazining quvnoq,zukko 180 nafar faollari media oromgohiga tashrif buyurishdi.Bizning quvnoq faollarimiz “bosma hamda internet jurnalistika”,”internet PR” va “event menejment” yo`nalishlarida o`qib,o`zlarining bilim salohiyatlarini oshiradilar. Respublikamizning  barcha hududlaridan tashrif buyurgan “Media camp” ishtirokchilari 20-avgust kuni 15:00 da “yoshlar ijod saroyi”da yig`ilishdi. So`ngra barcha faollar avtobuslarga chiqib,”qaydasan bo`ston” deya xush kayfiyat bilan yo`lga otlandilar.


Salom Media Camp deya barcha ishtirokchilarimiz o`zlariga berilgan  xonalarga joylashdilar. Ayni shu kundan e`tiboran, barcha yo`nalishlar bo`yicha o`quv  mashg`ulotlarni boshlab yubordilar.

“Men Media Camp ga ilk bor kelishim oromgohimizda sharoitlar zo`r! Yangi do`stlar ortirmoqdaman. O`quv treninglarda  men  bosma jurnalistikada faoliyat yuritishimga yordam beradigan ma`lumotlarga ega bo`lmoqdaman” dedi oromgoh ishtirokchisi Lutfillo Aminov