среда, 21 августа 2013 г.

Salom media camp!

Yoz faslining jazirama kunlarida respublikamizning “Bo`ston” dam olish maskanida “Media camp 2013” o`z faoliyatini boshladi. O`zbekistonning barcha hududlaridan Kelajak Ovozi yoshlar tashabbuslari markazining quvnoq,zukko 180 nafar faollari media oromgohiga tashrif buyurishdi.Bizning quvnoq faollarimiz “bosma hamda internet jurnalistika”,”internet PR” va “event menejment” yo`nalishlarida o`qib,o`zlarining bilim salohiyatlarini oshiradilar. Respublikamizning  barcha hududlaridan tashrif buyurgan “Media camp” ishtirokchilari 20-avgust kuni 15:00 da “yoshlar ijod saroyi”da yig`ilishdi. So`ngra barcha faollar avtobuslarga chiqib,”qaydasan bo`ston” deya xush kayfiyat bilan yo`lga otlandilar.


Salom Media Camp deya barcha ishtirokchilarimiz o`zlariga berilgan  xonalarga joylashdilar. Ayni shu kundan e`tiboran, barcha yo`nalishlar bo`yicha o`quv  mashg`ulotlarni boshlab yubordilar.

“Men Media Camp ga ilk bor kelishim oromgohimizda sharoitlar zo`r! Yangi do`stlar ortirmoqdaman. O`quv treninglarda  men  bosma jurnalistikada faoliyat yuritishimga yordam beradigan ma`lumotlarga ega bo`lmoqdaman” dedi oromgoh ishtirokchisi Lutfillo Aminov  

Комментариев нет:

Отправить комментарий